Isroil qo‘shinlari 7 oktabrdagi xurujlarni uyushtirganidan ko‘p o‘tmay G‘azo sektorida g‘oyib bo‘lgan XAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarni bir yildan ortiq vaqtdan beri ov qilmoqda.
Bu vaqt ichida 61 yoshli Sinvar Isroilda qo‘lga olingan bir guruh tansoqchilar va garovga olinganlarning tirik qalqoni bilan asosan G‘azo sektori ostidagi tunnellarda yashiringanligi aytilgan.
Oxir oqibat, Sinvarning o‘limi G‘azo janubida isroillik patruli bilan tasodifiy to‘qnashuv natijasi bo‘lgan ko‘rinadi. O‘sha paytda Sinvarning xavfsizlik kuchlari kichik edi. Yaqin atrofda garovga olinganlar topilmadi.
Uning o‘limi tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmoqda.