Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Yadroviy davlatlar operativ yadro qurollari sonini oshirmoqda - SIPRI

A A A
Yadroviy davlatlar operativ yadro qurollari sonini oshirmoqda - SIPRI

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, yadroviy davlatlar operativ yadro qurollari sonini oshirmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, 2023 yil yanvar holatiga ko‘ra mavjud bo‘lgan jami 12 512 ta yadro kallaklaridan taxminan 9 576 tasi potensial foydalanish uchun omborda bo‘lgan, bu 2022 yil yanvaridan 86 taga ko‘p. Ulardan 3844 ga yaqini raketa va samolyotlarda joylashtirildi, 2000 ga yaqini (deyarli barchasi AQSh yoki Rossiya Federasiyasiga tegishli) yuqori shay holatga keltirildi, bu esa ularni raketalar bilan jihozlash yoki strategik havo bazalariga joylashtirishni anglatadi.

Joylashtirilgan jangovar kallaklar soni bo‘yicha yetakchilar orasida AQSh (1770) va Rossiya (1674) bor. Dunyodagi barcha yadroviy qurollarning qariyb 90 foizi ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 20:37 12.06.2023. O'qildi: 3260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!