Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslomiy AQSh vakillari bilan mamlakat yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda erishilgan yutuqlar haqida ma’lum qildi.
"Eron atom energiyasi tashkiloti (AEOI) rahbari Qo‘shma Shtatlar bilan bilvosita muzokaralar davomida ma’lum yutuqlarga erishilganini aytdi, biroq muzokaralardagi noreal talablarni rad etdi," - deyiladi IRNA davlat agentligi xabarida.
Xususan, Eslomiy G‘arbning Tehronga uranni boyitishdan voz kechish talablarini qat’iyan rad etib, ularni "hukmronlik qilishga urinish" deb atadi.