Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

XXR raisining yangi limuzini avvalgisidan nimasi bilan farq qiladi?

XXR raisining yangi limuzini avvalgisidan nimasi bilan farq qiladi?

Xitoy rahbari Si Szinpin Xitoy xalq respublikasi tashkil etilganligining 70 yillik tantanlarida o‘zining yangi limuzini bilan ishtirok etdi

Limuzin Hongqi L9 deb nomlanadi. Hongqi xitoychadan tarjima qilinganda «qizil bayroq» degan ma’noni bildiradi. Avtomobil Xitoy birinchi raqamli shaxslari uchun 1958 yildan beri mashina ishlab chiqaradigan FAW davlat konserni tomonidan ishlab chiqarilgan.

XXR rahbarining yangilangan limuzini g‘ildirak bazasining kengayganligi, ko‘proq qismining oynalashganligi, kuzov shakli o‘zgarganligi va past poli bilan ajralib turadi.

Shu bilan bir qatorda asosiy uslub saqlab qolingan. Tepa qismdagi lyuk, zirhlangan kuzov va avtomobil harakatiga qarab qarshi ochiladigan orqa eshiklar saqlab qolingan.

Insayderlar xabarlariga ko‘ra, yangi avtomobil dvigateli, xuddi avvalgisinikidek, 6 litr sig‘imli 480 ot kuchiga teng.

Ma’lumot uchun, Si Szinpinning xorijiy davlatlarga tashrifi chog‘ida Hongqi N501 avtomobilidan foydalaniladi.

Kiritildi: 18:55 06.10.2019. O'qildi: 2412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!