Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

XXI asrdagi eng uzoq quyosh tutilishi qachon sodir bo‘lishi aytildi

XXI asrdagi eng uzoq quyosh tutilishi qachon sodir bo‘lishi aytildi

Internet tarmoqlarida 2 avgust kuni butun dunyo olti daqiqaga qorong‘ilikka cho‘mishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunday hodisa yana yuz yil davomida takrorlanmasligi haqida taxminlar ham bor. Bu ma’lumot ma’lum darajada haqiqatga yaqin – aynan shu kuni haqiqatan ham o‘ta noyob astronomik hodisa kuzatiladi, deb xabar beradi Space manbasi.

2027 yilning 2 avgustida to‘liq quyosh tutilishi ro‘y beradi. Astronomlarning ta’kidlashicha, bu XXI asrda Yerda kuzatilishi mumkin bo‘lgan eng uzoq quyosh tutilishi bo‘ladi. Oy Quyoshni to‘liq to‘sib, osmon 6 daqiqa 22 soniyagacha qorong‘ilikka cho‘mib turadi. Solishtirish uchun, 2024 yil aprelida kuzatilgan to‘liq tutilish eng ko‘pi 4 daqiqa 28 soniyagacha davom etgan edi.

2027 yildagi quyosh tutilishi 258 kilometrlik ingichka yo‘lak bo‘ylab o‘tadi va u 11 davlat hududini qamrab oladi: Ispaniya, Gibraltar, Marokash, Aljir, Tunis, Liviya, Misr, Sudan, Saudiya Arabistoni, Yaman va Somali.

Qisman tutilish fazasini Afrika, Janubiy Osiyo va Yevropaning ko‘plab hududlaridan kuzatish mumkin bo‘ladi. Boshqa mintaqalarda esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmaydi.

Mutaxassislar ushbu noyob hodisani tomosha qilishni istaganlarga oldindan kuzatish uchun qulay joy tanlab, ob-havo sharoitini diqqat bilan kuzatishni tavsiya etmoqda.

Kiritildi: 22:32 30.07.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!