Xusiylar vakili Muhammad Abdusalomning aytishicha, Eron rahbariyati, xalqi va armiyasi 12 kun davomida mustaqillik, erkinlik va falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qurbonliklar berdi.
«Isroilga har kuni uyushtirilgan vayronkor raketa zarbalari — bu Eronga g‘urur bag‘ishlovchi tarixiy sahifa bo‘ldi. Chunki bu mamlakat G‘arb qurollari bilan qurollangan dushmanga qarshi o‘z qurolini ishlatgan birinchi davlatdir», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, bu kurash faqatgina Isroilga qarshi bo‘lmagan, balki tajovuzni qo‘llab-quvvatlagan AQSh va boshqa G‘arb davlatlariga qarshi ham olib borilgan.
Uning fikricha, Eronning «qahramonona» qarshiligi shuni ko‘rsatdiki, mintaqadagi harbiy tajovuzlar jazosiz qolmaydi.
Avvalroq Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian Isroil hujumlarni qayta boshlamasa, Eron ham o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishini bildirgan edi.
«Agar sionistik rejim o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilsa, Eron ham uni buzmaydi. Biz Eron xalqiing qonuniy huquqlarini muzokara stolidayoq himoya qilishga tayyormiz», — degan edi Pezeshkian.