Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

“Xotira maydoni”dagi “Motamsaro ona” haykali nega xarob ahvolda? (foto)

“Xotira maydoni”dagi “Motamsaro ona” haykali nega xarob ahvolda? (foto)

“Xotira maydoni”. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha shaharlari, tuman va viloyatlari markazlarida bunyod etilgan ushbu maskanlar bugungi kunda xalqimizning o‘tganlarni yod etib, ularning xotirasiga ehtirom ko‘rsatadigan aziz va muqaddas qadamjoga aylangani bor gap.

Ayni paytda mazkur maydonlar betakror me’moriy yechimlari, landshafti bilan shahar va hududlar markazlariga o‘zgacha chiroy, ko‘rkamlik ham baxsh etib turibdi. Xususan, bunga joriy yilda Guliston shahrida o‘zbekona ayvonlar asosida qayta qurilgan “Xotira maydoni”ni misol keltirish mumkin. Hozir shu atrofdagi “Nikoh saroyi”dan chiqqan kelin-kuyovlarning maydonni ziyorat qilishi, undagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yishi urfga aylangan. Oqshom sayrga chiqqanlarning eng sevimli joyi ham mana shu maydon. Ammo, Xovos tumanidagi Gulbahor mahallasidagi “Xotira maydoni” va “Motamsaro ona” yodgorligining bugungi ahvoliga aslo bunday ta’rif berib bo‘lmaydi.

Gulbahor-Xovos tumanining sobiq markazi. Hudud markazi Xovos shaharchasiga ko‘chirilganiga esa ko‘p yillar o‘tdi. Bugun shaharchada ko‘rkam binolar bunyod etilib, obodonlashtirish ishlari kiroyi bajarilmoqda. Lekin mana necha yillarki eski markazdagi “Xotira maydoni”ning taqdiri aro yo‘lda qolgandek, go‘yo. Ehtimol, “Motamsaro ona” haykalini hozirgi markazga ko‘chirish ko‘zda tutilgandir. Ammo nima bo‘lganda ham, xalqimizning o‘tganlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishi uchun bunyod etilgan maskanning bunday abgor holatda turishi, eng achinarlisi, farzandi dog‘ida motamga cho‘mgan va hamon uni kutayotgan ona ramzining yantoqzor va xarobalar orasida qolib ketganligi kishi qalbida achinish uyg‘otmay qolmaydi. Zero, toshdan yasalgan bo‘lsa-da, unda har birimiz uchun o‘rnini hech kim va hech narsa bosolmaydigan onalarimiz ramzi bor, azizlar.

...Haykal poyida unga tikilar ekanman, ”Motamsaro ona” qiyofasidagi mung yanada ortgandek bo‘ldi, go‘yo. Axir tosh bo‘lsa-da, baribir, onadir ul, onadir...

Manba: xs.uz

Kiritildi: 14:18 05.10.2018. O'qildi: 15348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!