Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorijliklarga yer ijarasi: qonunchilikda nomuvofiqlik bormi?

Xorijliklarga yer ijarasi: qonunchilikda nomuvofiqlik bormi?

Xovosdagi voqealardan so‘ng xorijiy investorlarga yer ijaraga berish masalasi yana kun tartibiga chiqdi. Yer kodeksiga ko‘ra, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer faqat Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga berilishi mumkin.

Biroq 2025 yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasining 709-son qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar bilan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligi yerlarini elektron auksion orqali ijaraga olish huquqi berildi.

Mutaxassislarga ko‘ra, bu holat Yer kodeksi qoidalariga zid, chunki kodeksda bunday yerlarni auksion orqali berish nazarda tutilmagan.

Masala yuzasidan mas’ul idoralardan rasmiy izoh kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:48. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!