Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xorijiy kompaniyalarning akkreditasiya pasporti tasdiqlandi

Xorijiy kompaniyalarning akkreditasiya pasporti tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 07.02.2024 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditasiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 76-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga akkreditasiya guvohnomalarini rasmiylashtirish pasporti tasdiqlanmoqda.

Vakolatli organ – Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Akkreditasiya guvohnomasini olish uchun DXM yoki YAIDXP orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

  • ariza (kelib chiqish mamlakati, ta’sischilari to‘g‘risida ma’lumotlar, faoliyati tarixi, xodimlarining umumiy soni, so‘nggi moliya yilida tovar (ish, xizmat) ayirboshlash hajmi, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar bo‘yicha shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa), vakolatxonani ochish muddati ko‘rsatilgan holda);
  • xorijiy tashkilotning ta’sis hujjatlari;
  • tashkilot chet davlatda ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reestrdan ko‘chirma, guvohnoma yoki lisenziya
  • vakolatxona boshlig‘iga berilgan ishonchnoma;
  • vakolatxona to‘g‘risidagi nizom.

Ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni. Guvohnoma bir yildan uch yilgacha muddatga beriladi. Davlat boji summasi – 48 BHM.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.05.2024 yildan kuchga kiradi.

Kiritildi: 14:27 24.02.2024. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!