Prezident qarori bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bilan bog‘liq o‘zgarishlar qonunchilikka kiritildi.
Ular quyidagilardan iborat:
- xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash tartibi o‘zgartirildi;
- xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi;
- voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish beriladi.