Bu haqda 11 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lgan 38 ta davlatda 54 ta (O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxona va BMTdagi vakolatxonada birgalikdagi) stasionar saylov uchastkalari tashkil etiladi.
Qolaversa, ushbu davlatlarning 128 ta shahrida va diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan 11 davlatda 316 ta ko‘chma saylov uchastkasi tayyorlanishi reja qilingan.
Ta’kidlanishicha, dipkorpuslar ma’lumotlari asosida chet eldagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati shakllantirilgan. Biroq, aniq raqam keltirilmagan.
Bundan tashqari, xorijdagi 151 o‘zbek diasporal tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani aytilmoqda.