Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Xorazmda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochiladi

A A A
Xorazmda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochiladi

📆28 sentyabr kuni Xorazm viloyatida birinchi kinooperator, o‘zbek kinosi darg‘asi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochilishi bo‘lib o‘tadi.

🎉Ochilish marosimi davomida mehmonlar uchun fotoko‘rgazma shu bilan birga, operator hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha tashkil qilinadi.

✨Marosim doirasida Xudoybergan Devonov nomiga «Turksoy» oliy mukofotining topshirilishi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng «Birinchi qaldirg‘och» filmi namoyish etiladi.

Shuningdek, Urganch shahrida bunyod etilgan, aynan «Xiva Langari» filmining suratga olish jarayonlari o‘tkazilayotgan kino shaharchasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy delegasiyalar vakillari, film ijodkorlari, kinoshunoslar, OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etadi.

Kiritildi: 21:33 27.09.2023. O'qildi: 1455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!