Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Xorazmda MIB orqali kelinning sepi qaytarib berildi

Xorazmda MIB orqali kelinning sepi qaytarib berildi


Xorazm viloyatida ajrimdan so‘ng kelinning sepi Majburiy ijro byurosi orqali o‘z egasiga qaytarib berildi.

Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyatining Shovot tumanlararo sudi tomonidan berilgan ijro varaqasiga asosan da’vogar M.SH.ga tegishli mol-mulklarni javobgar R.X.dan olib berish belgilangan.

Ajrashgan fuqaroning murojaati asosida Majburiy ijro byurosining Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida nikoh davrida kelin tomonidan olib kelingan sep buyumlari aniqlanib, qonuniy asosda ularning ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxatga muvofiq, jami 48 turdagi buyum — maishiy anjomlar, oshxona jihozlari, yotoq anjomlari, shaxsiy foydalanish buyumlari hamda bolaga tegishli jihozlar aniqlandi.

MIB xodimlari tomonidan ushbu buyumlar belgilangan tartibda da’vogarga qaytarib berildi.

Qayd etilishicha, ijro jarayoni amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirilgan. Shu tariqa fuqaroning mulkiy huquqlari ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 17:38. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!