Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bloomberg: Meloni Zelenskiyning harakatlaridan g‘azablangan

Bloomberg: Meloni Zelenskiyning harakatlaridan g‘azablangan

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ukrainaning Liviya sohillari yaqinidagi kemalarga G‘arb ittifoqchilarini oldindan ogohlantirmasdan zarba berganidan jiddiy norozi bo‘lgan.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Ukrainaning o‘z harakatlarini g‘arblik hamkorlari bilan muvofiqlashtirmagani Meloni va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida keskin suhbat bo‘lib o‘tishiga sabab bo‘lgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, mazkur hujum ikki mamlakat o‘rtasidagi avvalgi iliq munosabatlarni sovuqlashtirgan. Oqibatda Zelenskiyni izchil qo‘llab-quvvatlab kelgan Meloni Kiyevdan uzoqlasha boshlagan.

Kiritildi: 11:23 28.11.2026. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik