Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining 1/16 finaldagi raqibi aniqlandi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining 1/16 finaldagi raqibi aniqlandi

Qatarda davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining keyingi bosqichga chiqishi rasman aniqlashdi.

Guruh bosqichining so‘nggi kunida «K» guruhidagi uchrashuvlar ham yakunlandi. O‘zbekiston uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan bahsda Ruminiya Kamerunni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ruminiyaliklar ikkinchi bo‘lim boshida ketma-ket uchta gol urib, yirik hisobda oldinga chiqib olishdi. Kamerun esa uchrashuv yakunida bitta javob to‘pini kiritdi.

Mazkur natijadan so‘ng Ruminiya 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Biroq Yevropa vakillarining to‘plar nisbati O‘zbekistonnikidan past bo‘lib chiqdi.

Shu tariqa, 3 ochko va +1 to‘plar nisbatiga ega O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasida sakkizinchi bo‘lib, 1/16 finalga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.

Endi futbolchilarimiz pley-offning ilk bosqichida Ispaniya bilan kuch sinashadi. Ispaniyaliklar guruh bosqichida uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 22 ta gol urdi va o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazmadi. Shu natija bilan ular guruh g‘oliblari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

«K» guruhining ikkinchi bahsida Meksika va Venesuela o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Har ikki terma jamoa 7 ochkodan jamg‘ardi, biroq to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgan Meksika birinchi, Venesuela ikkinchi o‘rinni egalladi.

Guruhni Ruminiya 3 ochko bilan uchinchi, Kamerun esa ochkosiz oxirgi pog‘onada tugatdi.

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuvi 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:36 27.11.2026. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik