Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorazmda mehribonlik uyi qizlarining nomusiga tekkan amaldorlar ishi Toshkentda ko‘riladi

A A A
Xorazmda mehribonlik uyi qizlarining nomusiga tekkan amaldorlar ishi Toshkentda ko‘riladi

Xabar qilinganidek, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassasiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyasiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassasiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyasiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilangan.

Jinoyat-prosessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazilishi) asosan ushbu jinoyat ishi apellyasiya tartibida yangidan ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilganligi ma’lum qilinadi.

Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Kiritildi: 17:04 11.04.2023. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!