Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda marhum sudga chaqirildimi?

Xorazmda marhum sudga chaqirildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda sudya marhumni sudga chaqirtirdi" mazmunida xabarlar tarqalgan edi. Sudyalar oliy oliy kengashi axborot xizmati holat yuzasidan raddiya e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xorazmlik Komil Matchanov 2018 yilda ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilgan. O‘sha yili sudning tegishli qarori chiqqan. 2022 yilning may oyiga kelib B.Egamberdiyev (2018 yildagi sudda ikkinchi taraf sifatida ishtirok etgan) davlat organiga majburiyat yuklashni so‘rab sudga murojaat qiladi. Arizaga 2018 yilda o‘zi taraf sifatida ishtirok etgan sud qarori va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.

Sudya ariza va unga ilova qilgan hujjatlar bilan tanishib, ishni sud majlisida ko‘rishga tayinlaydi hamda vaqti va sanasi haqida taraflarga ma’lum qiladi. Biroq bu paytga kelib K.Matchanov vafot etgan edi.

2022 yil 18 may kuni sud ajrimi bilan marhum K.Matchanovning o‘g‘li N. Matchanov huquqiy voris deb topilib, nizo predmetiga nisbatan manfaatdor shaxs sifatida ishga jalb qilingan.

Kiritildi: 18:11 05.07.2022. O'qildi: 3973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!