Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda betob qizaloqni davolatish uchun yordam puli so‘rab, o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Xorazmda betob qizaloqni davolatish uchun yordam puli so‘rab, o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi U.U. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan qizining fotosurati ijtimoiy tarmoqlarga joylangani va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi M.SH. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.SH. jabrlanuvchi U.U.ning (qiz) jiyani nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan.

M.SH. jiyanini go‘yoki Hindistonga olib borish uchun puli yetmaganligi sababli xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan M.SH.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:45 21.06.2024. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!