O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Saidov Shuhrat Vaisjanovich Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Xorazm viloyati hokimligida tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev hamda Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov ishtirok etdi. Shundan so‘ng M.Mirzayev viloyat soliq boshqarmasida yangi boshqarma boshlig‘ini hududiy soliq xizmati organlari shaxsiy tarkibiga tanishtirdi.
SH.Saidov 2003-yilda Urganch davlat universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Urganch tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.