Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xonandalar to‘ylar faqat bitta «dejur» san’atkor bilan o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Xonandalar to‘ylar faqat bitta «dejur» san’atkor bilan o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

MY5 telekanalining «Markaziy studiya» teledasturida to‘ylarning faqat bir nafar san’atkor navbatchiligi ostida «birrov»larsiz o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga taniqli estrada xonandalari hamda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovdan izoh so‘raldi.

Menda, fikrim, endi… Balki, yaxshilikkadir.

Ziyoda

Men fikr bildirishdan ko‘ra xalq xizmatida bo‘lishni ma’qul ko‘raman.

Alisher Fayz

Ushbu xabarlarga fikrim ijobiy emas. Chunki bitta san’atkor bizning xalqimizga menimcha kamlik qiladi. To‘y xizmatlari hamisha ko‘tarinki ruhda o‘tgan.

Otabek Mutalxo‘jayev

Shohruxxon muxbir bergan savolga javob berishni istamagan va bu borada betaraf ekanligini bildirgan.

Menimcha unday bo‘lmaydi. Shunday bo‘ladi degan fikr hali aniq emas. Bu narsani hali hech kim bilmaydi. Nima bo‘lsa ham qonun hamma uchun qonun. Bajarishga majbur bo‘ladi.

Ulug‘bek Rahmatullayev

Men shokdaman. Birinchi marta eshitdim. Juda yomon xabar. Hamma artistlarga bu juda ham qiyin bo‘ladi. Biz uchun yagona daromad manbai — bu to‘y. Har bir san’atkorning administratorlar va sozandalardan iborat o‘z jamoasi bor. Ularga xonandalar maosh to‘laydi.

Rayhon G‘aniyeva

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Madaniyat, Mehnat vazirliklari hamda «O‘zbekkonsert» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi o‘zaro kelishgan holda sozandalar guruhi, odamlarni ish bilan ta’minlash masalalarini o‘ylab, to‘ylarga bitta emas balki ikkita san’atkor taklif qilinishi yuzasidan qaror qabul qilinganini qayd etdi.

Kiritildi: 06:40 11.12.2019. O'qildi: 4044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!