Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xonadon kredit qarzi sabab sotildi

A A A
Xonadon kredit qarzi sabab sotildi

Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdorlar Z.F. va Z.M.dan solidar tartibda undiruvchi “IPOTEKA BANK” ATIB Shayxontoxur filiali foydasiga 278.2 mln. so‘m qarz undirish va undiruvni kredit hisobiga sotib olingan garovdagi xonadonga qaratilishi to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdorga ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan bo‘lib, ogohlantirishga qaramay qarzdorlar kredit summalarini qoplamagan.

Shundan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garov mulki bo‘lgan xonadon xatlanib, auksion savdolariga chiqarilgan.

Hozirda, mazkur xonadon onlayn auksion savdolari orqali 729 mln so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 278,2 mln. so‘m miqdoridagi summalar bank foydasiga yo‘naltirilib, ortiqcha pul mablag‘lari esa qarzdorning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Kiritildi: 17:02 15.01.2025. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!