Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xolandning otasi o‘g‘lining "Real" yoki "Barselona"ga o‘tishi imkoniyatlarini o‘rganmoqda

A A A
Xolandning otasi o‘g‘lining "Real" yoki "Barselona"ga o‘tishi imkoniyatlarini o‘rganmoqda

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning otasi bo‘lgan sobiq futbolchi Alf-Inge Xoland so‘nggi oylarda o‘g‘lining Ispaniya chempionati gigantlaridan biri "Real Madrid" yoki "Barselona"ga transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni damda Xolandning otasi "Real" bilan yanada ishonchli munosabatlar o‘rnatgan. Xususan, unga joriy mavsum yakunida Kilian Mbappe jamoani kuchaytirishi haqida shu yil boshida ma’lum qilingandi. Biroq, ta’kidlanishicha, "Barselona" bilan aloqalar hamon saqlanib qolgan.

Erling Xolandning o‘zi ham kelajakda faoliyatini Ispaniyada davom ettirish istagini bildirmoqda.

Kiritildi: 11:39 31.03.2024. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!