Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Xoland yana Angliyada tengsiz

Xoland yana Angliyada tengsiz

ESPN xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland faoliyatida uchinchi bor Premyer-liganing «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi.

Norvegiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumni Angliya chempionatida 27 ta gol bilan yakunlab, ikkinchi o‘rinni egallagan «Brentford» vakili Igor Tiagoni (22 gol) beshta gol farqi bilan ortda qoldirdi.

25 yoshli Xoland shuningdek, 2022/23 (36 ta gol) va 2023/24 (27 ta gol) mavsumlarida ham liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi. Uning «Siti»dagi jamoadoshi Antuan Semenyo esa mavsumni «Bornmut»da boshlab, qishki transfer oynasida «Manchester Siti»ga o‘tgan va jami 17 ta gol kiritgan.

«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins esa 38-turda «Siti»ga qarshi kechgan bahsda (2:1) dubl qayd etib, 16 ta gol bilan eng yaxshi ingliz to‘purari maqomiga erishdi.

Ma’lumot uchun, faqat Tyerri Anri va Muhammad Salohgina (har biri 4 martadan) Xolanddan ko‘proq (3 marta) «Oltin butsa» yutgan. Salohning «Liverpul»ni tark etishini hisobga olsak, Xoland allaqachon Alan Shirer va Harri Keyn bilan tenglashib oldi (har birida 3 tadan sovrin).

Norvegiyalik forvard hisobida Premyer-ligadagi 132 ta o‘yinda 112 ta gol mavjud. U APLda 100 ta gol marrasini eng tez zabt etgan futbolchi hisoblanadi – unga buning uchun atigi 111 ta o‘yin kerak bo‘ldi (Shirerning avvalgi rekordidan 13 ta o‘yinga tezroq).

Kiritildi: Bugun 11:49. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!