Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

“Xohlagan surangni o‘qi, faqat shu ikki oyatni o‘qima”

“Xohlagan surangni o‘qi, faqat shu ikki oyatni o‘qima”

Amirlardan biri uzoq tilovat qiladigan imomning orqasida namoz o‘qir edi. Bir kuni amir uni odamlar oldida koyib, Har rakatda faqat bir oyat o‘qiysan! deb buyurdi.

Shunda imom shom namozida Fotiha surasidan keyin Robbimiz, biz boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik. Lekin ular bizni yo‘ldan ozdirdilar oyatini o‘qidi ( Ahzob surasi, 67-oyat). Ikkinchi rakatda esa Fotiha surasidan keyin Robbimiz, ularga ikki hissa azob bergin va ularni la’natlagin! oyatini o‘qidi (68-oyat). Shunda amir: Mayli, xohlaganingcha uzun o‘qi, xohlagan surangni o‘qi, faqat shu ikki oyatni o‘qima , dedi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:37 13.01.2019. O'qildi: 4541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!