Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

XMTga a’zo davlatlar O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha siyosatni yuqori baholadi

XMTga a’zo davlatlar O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha siyosatni yuqori baholadi

Buyuk Britaniyaning mashhur "London Post" yangiliklar portalida O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashiga a’zo bo‘lgani haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma’lum qilinganidek, shu yil 7 iyun kuni Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Jenevadagi bosh qarorgohida Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-konferensiyasi doirasida 2024-2027 yillar uchun tashkilot Ma’muriy kengashi a’zolari va ularning o‘rinbosarlariga saylov bo‘lib o‘tdi.

"Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston eng ko‘p ovoz (194 ta, zarur minimum 105) to‘plagan holda, o‘z tarixida birinchi marta XMT Ma’muriy kengashiga a’zo o‘rinbosari etib saylandi, – deyiladi maqolada. – O‘zbekistonning Ma’muriy kengashga saylanishi tarixiy voqea hisoblanadi. Chunki O‘zbekiston tomoni XMTning ushbu asosiy organiga birinchi marta a’zo bo‘ldi".

Maqolada XMTga a’zo davlatlar O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnatga barham berish, xalqaro mehnat sohasidagi qator muhim konvensiyalarni ratifikasiya qilish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish, muammolarni e’tiborsiz qoldirish siyosatidan ularni muloqot orqali hal etish tamoyiliga o‘tilganini yuqori baholagani alohida urg‘ulagan.

Xabar qilinganidek, Ma’muriy kengash uch yil muddatga saylanadigan 56 nafar a’zo va 66 nafar o‘rinbosardan iborat.

Kiritildi: 12:00 20.06.2024. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!