Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xiva restavrasiya maktabi tashkil etiladi

A A A
Xiva restavrasiya maktabi tashkil etiladi

Xiva restavrasiya maktabi tashkil etiladi. Bu haqda joriy yilning 12 iyul kuni imzolangan Vazirlar Mahkamasining qarorida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, YUNESKO ko‘magida tashkil etilgan ushbu maktabga xorijdan ham yetakchi ekspertlar jalb qilinadi.

Maktab faoliyati YUNESKO, Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (IKOMOS), Madaniy boyliklarni asrash va restavrasiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM), O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha tashkil qilingan Xalqaro maslahat qo‘mitasi, Agentlik, shu jumladan uning Ilmiy-ekspert kengashi, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Maktabning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— tegishli mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish va bu kurslarga mahalliy hamda chet ellik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha Markazga takliflar kiritish;

— «ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlash;

— malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ular ishtirokida moddiy madaniy meros ob’ektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tashkil qilishda ko‘maklashish;

— asrashga doir ishlar sohasida mahalliy va chet ellik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar tashkil etish, shuningdek, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishda ishtirok etish.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili «Madaniy meros ob’ektlari restavrasiyasi direksiyasi» davlat muassasasi va bosqichma-bosqich uning davlat muassasasi shaklida Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qo‘qon shahar mintaqaviy markazlariga asos solingandi. Xiva restavrasiya maktabi direksiyaning Xiva shahar mintaqaviy markazida tashkil etildi.

Kiritildi: 23:01 13.07.2022. O'qildi: 2869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!