Xitoyning Xefey shahri aholisi birinchi marta 10 milliondan oshdi. Bu haqda Lianhe Zaobao nashri xabar berdi.
10 mart kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasi statistika byurosi provinsiya aholisining 2024 yildagi soni bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oxiriga kelib, Anxoy provinsiyasining doimiy aholisi 61,23 million kishiga yetdi, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 20 ming kishiga ko‘payib, 0,03% ga oshgan.
Provinsiyada tug‘ilish koeffisiyenti 6,17%, o‘lim darajasi 8,41%, tabiiy o‘sish koeffisiyenti -2,24%.
Provinsiya markazi Xefeyning doimiy aholisi soni 10,002 million kishiga yetdi. Shunday qilib, shahar tarixida birinchi marta aholi soni 10 milliondan oshdi.
Xefey Xitoyning 10 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan 18-shaharidir.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oxiriga kelib, Xitoyda aholisi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 17 ta shahar bo‘lgan: Chunsin, Shanxay, Pekin, Chendu, Guanchjou, Shenchjen, Uxan, Tyanszin, Sian, Suchjou, Chjenchjou, Xanchjou, Shiszyachjuan, Lini, Dunguan, Chansha va Sindao.