Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi — u haqda nimalar ma’lum?

A A A
Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi — u haqda nimalar ma’lum?

Yuy Szyun Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Elchi 1972 yil avgust oyida tug‘ilgan. Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi, oliy ma’lumotli. Tashqi ishlar vazirligining tegishli departament va boshqarmalarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.

Yangi elchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Xitoyning O‘zbekistonga nisbatan tashqi siyosatiga qat’iy sodiq bo‘ladi, O‘zbekiston jamiyatining xayrixoh vakillari bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy elchisi Szyan Yan O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani ma’lum qilingandi. U O‘zbekistonda 5 yil ishlagan.

Kiritildi: 10:56 12.07.2023. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!