Yuy Szyun Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Xitoy elchixonasi rasmiy saytida mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun tomonidan imzolangan tabriknoma e’lon qilindi.
Diplomatik missiya saytida yozilishicha, endilikda Xitoyning mamlakatdagi diplomatik missiyasiga Yuy Szyun boshchilik qiladi.
Ma’lumot uchun, Yuy Szyun 1972 yilda tug‘ilgan. U Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi, oliy ma’lumotli. Tashqi ishlar vazirligining tegishli boshqarma va idoralarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.