Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoyliklar Germaniyada Volkswagen zavodlarini sotib olmoqchi

Xitoyliklar Germaniyada Volkswagen zavodlarini sotib olmoqchi

Xitoy kompaniyalari va rasmiylari Germaniyaning yopilishi rejalashtirilgan avtomobil zavodlariga, ayniqsa Volkswagen konserniga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Reuters Xitoy hukumati rejalaridan xabardor manbaga tayanib.

Germaniya zavodlarini sotib olish Xitoyga nemis avtomobil sanoatida o‘z ta’sirini kuchaytirishga imkon beradi. Xitoy kompaniyalari allaqachon nemis iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sarmoya kiritayotgan bo‘lsa-da, Germaniyada avtomobil ishlab chiqarish ular uchun yangi chegara bo‘lib qolmoqda.

Nemis avtomobil zavodlariga investisiyalar Xitoyning siyosiy jihatdan eng nozik qadamiga aylanishi mumkin, deb yozadi Reuters. Uzoq vaqt davomida Germaniyaning sanoat qudrati ramzi bo‘lgan Volkswagen iqtisodiy tanazzul va yashil texnologiyaga o‘tish natijasida qiyinchiliklarga duch keldi. Germaniyada elektr transport vositalarini ishlab chiqarish Xitoy kompaniyalariga import qilinadigan avtomobillar uchun Yevropa Ittifoqi tariflaridan qochishga yordam berishi mumkin, bu ularning Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatbardoshligini yanada kuchaytiradi.

Volkswagen xarajatlarni qisqartirish dasturi doirasida Drezden va Osnabryukdagi zavodlarni yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, ammo Osnabryukdagi zavodni xitoylik xaridorga sotishga tayyor. Kompaniya vakili uning maqsadi firma va uning xodimlari manfaatlarini hisobga oladigan hayotiy yechim topish ekanligini tasdiqladi. Shu bilan birga, Xitoy kompaniyalari ish o‘rinlarini kafolatlash va ishlab chiqarishni saqlab qolishni talab qilayotgan Germaniya kasaba uyushmalarining munosabatidan xavotirda.

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyning ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yevropada zavod ochishni o‘ylamoqda. Ayrimlari allaqachon Vengriya va Turkiya kabi arzonroq mamlakatlarda zavod qurmoqda.

Kiritildi: 23:25 16.01.2025. O'qildi: 1902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!