Ushbu soatlar kelajakda harbiy mojarolar xarakteriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb yozamoqda “South China Morning Post”
Nashrning yozishicha, mazkur soatlar jangovar hududlarga olib borilishi va zamonaviy urush usullarini tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda. Yuqori aniqlikdagi vaqtni o‘lchash tizimi radarlarning sinxron ishlashiga imkon beradi, ular esa ko‘rinmas samolyotlarni aniqlash va kuzatishda yordam beradi. Bunday soatlar, shuningdek, radioelektron kurash (REK) signallarining sifatini yaxshilashga va katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishni osonlashtirishga yordam beradi.
Qayd etilishicha, soat Xitoy armiyasiga REK, yo‘naltirilgan energiya qurollari va dron texnologiyalari sohasida AQSh armiyasiga nisbatan sezilarli ustunlik berishi mumkin.