Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoylik bolaning yuragi urishdan to‘xtagandi, biroq 2 soat deganda mo‘’jiza ro‘y berdi

Xitoylik bolaning yuragi urishdan to‘xtagandi, biroq 2 soat deganda mo‘’jiza ro‘y berdi

Xitoylik bola hovuz oldida o‘ynayotib sirpanib ketdi va unga quladi. Bolaning yo‘qolganini sezishganida esa kech bo‘lgan edi, deb yozadi The Sun.

Bolaning hayotini saqlab qolgan 53 yoshli Yang Yu ota-onasi bilan dam olishga kelganda hovuzdagi suvda bola kiyimini ko‘rib qolgan. Erkak atrofdagilarni yordamga chaqirib, suvga o‘zini tashlagan. Hovuz tubida bolani topgan vaqtda u yuz tomoni bilan pastga qarab yotgan bo‘lgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar bolaning nafas olmayotganini bilgach yurak-o‘pka sohasi reanimasiyasini o‘tkaza boshlashdi.

Shifokorlar 40 daqiqa ter to‘kishdi, biroq natija bo‘lmadi bola na nafas olardi va na yuragi urardi. Ular o‘lim holatini qayd qilmoqchi bo‘lishganida bolaning onasi va bobosi ko‘zlarida yosh bilan jonlantirish jarayonini to‘xtatmaslikni iltimos qilishdi. Mutaxassislar reanimasiyani davom ettirishdi va bolani sun’iy ventilyasiya apparatiga ulashdi.

Men uning yaqinlariga yo‘q deya olmadim, mening o‘rnimda boshqalar ham shunday qilgan bo‘lardi , - dedi shifokor.

110 daqiqadan keyin bola mustaqil ravishda nafas ola boshladi. Shifokorlar hayratda qolishdi. Bolani tekshiruvlar uchun Ibinya shifoxonasiga yo‘llashdi, zero kilorod yetishmovchiligi miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. Doktor Van Bo bunday hayotgan mo‘’jizaviy qaytish holatiga 14 yillik tajribasi davomida birinchi marta duch kelganini aytdi.

Kiritildi: 05:24 15.03.2019. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!