Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilmoqda

Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilmoqda

Xitoyda tahsil olayotgan o‘bekistonlik talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarildi. Ular ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportida har tomonlama takomillashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda «Platforma.uz» Telegram kanali xabar berdi.

Xitoyda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar 26 yanvar, yakshanba kuni soat 12:20 da GJ 8765 raqamli reys bilan Toshkentga yetib kelgan.

25 yanvar, shanba kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba Vatanga qaytarilishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 19:55 26.01.2020. O'qildi: 3232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!