Nashrning xabar berishicha, Xitoyda to‘rt nafar Kanada fuqarosi qatl qilingan. Ular haqida batafsil ma’lumot oshkor etilmagan.
Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joliga ko‘ra, qatl etilgan shaxslar bir vaqtning o‘zida Kanada va Xitoy fuqaroligiga ega. Joli va sobiq bosh vazir Jastin Tryudo qatl jarayonini to‘xtatishga harakat qilgan, ammo bu natija bermagan.
"Xitoyda barcha ayblanuvchilarga bir xil munosabatda bo‘ladi. Kanada qonun ustuvorligini hurmat qilishi va Xitoyning sud ishlariga aralashishni bas qilishi kerak", – deya munosabat bildirdi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin.