Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyda sanoat zonasida yuz bergan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xitoyda sanoat zonasida yuz bergan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi sanoat zonasida yuz bergan portlash oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea Yuncheng shahridagi «Gaojuan» sanoat parkida sodir bo‘lgan. Portlash sababi “Zhongrui Nonferrous” kompaniyasi zavodida alyuminiy quyma ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunaning nosozligi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, milisiya xodimlari ushbu ob’ektning ishlashiga mas’ul shaxslarni qo‘lga olgan.

Voqea tafsilotlari o‘rganilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:39 28.07.2024. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!