Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoyda polisiya tomonidan rekord miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi

A A A
Xitoyda polisiya tomonidan rekord miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi

Xitoyning Yunnan provinsiyasi polisiya 166 kilogrammdan ortiq metamfetaminni musodara qilgan holda ushbu hududda giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, maxsus operasiya davomida umumiy og‘irligi 166,5 kg bo‘lgan sakkiz qopda metamfetamin topilgan. Ushbu ishda sakkiz kishi gumondor sifatida qo‘lga olingan.

Ta’kidlash joizki, giyohvand moddalarni turli tranzit kanallari orqali Osiyoning ko‘plab mamlakatlariga yetkazib beriladigan “Oltin Uchburchak”ning bir qismi bo‘lgan Myanma bilan chegaradosh Yunnan Xitoyda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda yetakchi o‘rinni egallaydi.

Mamlakatda giyohvand moddalarga oid qat’iy qonunlar mavjud.

Masalan, 50 grammdan ortiq geroin ishlab chiqarish va sotish uchun eng og‘ir hukm o‘lim jazosi bo‘lishi mumkin.

 

 

Kiritildi: 21:24 14.07.2020. O'qildi: 2384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!