Xitoyda vaqtincha istiqomat qilishi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik xotin-qiz vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, bu O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi diplomatlarining Xitoy tomoni bilan olib borgan muzokaralari natijasida amalga oshiriladi. Fuqarolarga elchixona tomonidan konsullik–huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularning barchasi Xitoy tomoni va Uzbekistan Airways’ning Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlashtirilgan holda Pekin—Toshkent yo‘nalishida 22 dekabr kuni O‘zbekistonga yetib keldi.
Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin ishchi hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bundan keyin ham ushbu mamlakatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qoladigan vatandoshlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.