Xitoyda odam metapnevmovirusi tarqaldi, deb xabar berdi Xitoy kasalliklar nazorati va profilaktikasi boshqarmasi.
Ta’kidlanishicha, 23-29 dekabr kunlari shifoxonalarda olingan respirator namunalarning tahlili natijalari Xitoy hududida o‘tkir respirator yuqumli kasalliklar, jumladan, gripp virusi, odam metapnevmovirusi va rinovirusning faol tarqalishini ko‘rsatmoqda.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida metapnevmovirus bilan kasallanish ortib bormoqda.
"Shimoliy provinsiyalarda o‘sish tendensiyasi yanada yaqqolroq," - deyiladi Xitoy kasalliklar nazorati va profilaktikasi boshqarmasi xabarida.