Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda kuchli to‘fon tufayli "to‘q sariq" ogohlantirish e’lon qildi​​​​​​​

Xitoyda kuchli to‘fon tufayli "to‘q sariq" ogohlantirish e’lon qildi​​​​​​​

Xitoyning shimoliy va markaziy hudulariga kuchli dovul yoprildi.

Kuchli sovuq fonida Xitoyning shimoli kuchli shamol, qum va qor bo‘ronlari hukmronligi ostida qoldi. Xitoy Milliy meteorologiya markazi shamol tufayli "to‘q sariq" ogohlantirish e’lon qildi, shuningdek, qum va qor bo‘ronlari tufayli "ko‘k" ogohlantirishni uzaytirdi. Shamol shkala bo‘yicha 11-13 ballgacha, ba’zi hududlarda esa 160 km/soatgacha kuchayadi, bu 75 yil ichidagi rekorddir.

Tabiiy ofat Pekin, Ichki Mo‘g‘uliston, Shansi, Xebey, Szilin va Sinxay viloyatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakat poytaxtida yuzlab reyslar bekor qilindi, jamoat parklari, Universal Studios tematik parki va tarixiy yodgorliklar - Taqiqlangan shahar, Yozgi saroy va Osmon ibodatxonasi yopildi.

Dovul oqibatida daraxtlar qulagan, avtomobillar va eski uylarga zarar yetgan. Mamlakat shimolida temir yo‘l aloqasi qisman uzilgan.

Shuningdek, rasmiylar vazni 50 kilogrammdan kam bo‘lgan aholini shamol urib yuborishi mumkinligi sababli uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 11:52 14.04.2025. O'qildi: 1873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!