Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shensi provinsiyasidagi qishloqlardan biridagi uy hovlisida yovvoyi cho‘chqa keksa ayolga hujum qildi. 76 yoshli ayol olgan jarohatlari natijasida vafot etgan. Bu haqda «Xuansyu shibao» nashri ma’lum qildi.
Yakshanba kuni mahalliy aholi Xitoyning Shensi provinsiyasidagi okrugda ekinlarga zarar yetkazayotgan yovvoyi cho‘chqalarni quvdi. Yovvoyi cho‘chqalardan biri ovchi itlardan qochib, uy hovlisiga yugurib kirgan va u yerda keksa ayolga hujum qilgan.
Natijada 76 yoshli ayol olgan jarohatlaridan vafot etgan.
Bu voqea Xitoyda keng omma e’tiborini tortdi. Bir qator mahalliy ommaviy axborot vositalari aholiga yovvoyi cho‘chqa hujumi sodir bo‘lgan taqdirda nima qilish kerakligi haqida asosiy tushunchalar berdi.