Xitoyda imtihondan yiqilgan talaba pichoq bilan talabalarga hujum qilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
“Usi shahrida erkak San’at va texnologiya kasb-hunar instituti talabalariga hujum qildi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida yana 17 kishi jarohatlangan.
Hujum mahalliy vaqt bilan taxminan 18:30 da sodir bo‘lgan. 21 yoshli jinoyatchi qo‘lga olinib, aybiga iqror bo‘lgan.
Polisiyaning ma’lum qilishicha, erkak 2024 yilda San’at va texnologiya kasb-hunar institutida o‘qishni tamomlagan. U yakuniy imtihonlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun bitiruv attestatini ololmaganini aytilgan.