Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi sentyabr oyida Lyanyungan shahrida global xavfsizlik bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazadi.
Bu haqda Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi rasmiy vakili Li Gochjun ma’lum qildi.
«Ushbu forumga o‘nlab davlatlarning huquq-tartibot idoralari rahbarlari taklif etiladi, ko‘plab huquqiy masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan», - dedi u.
L.Gochjun Pekin ushbu forumni global xavfsizlik masalalarini muhokama qiladigan eng yirik xalqaro maydonga aylantirish yo‘lidagi faoliyatini davom ettirishini ta’kidladi.