Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoyda bo‘ron xuruji: hatto 50 kilodan yengil odamlarga ko‘chaga chiqish tavsiya etilmayapti

Xitoyda bo‘ron xuruji: hatto 50 kilodan yengil odamlarga ko‘chaga chiqish tavsiya etilmayapti

Xitoy shimoli va Pekinga yopirilgan kuchli shamol transport qatnoviga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi — Reuters.

Agentlik xabariga ko‘ra, bugun Pekindagi ikki yirik aeroportda 838 ta reys bekor qilingan. Shuningdek, aeroport metrosi va yuqori tezlikdagi temir yo‘lning ayrim yo‘nalishlari to‘xtatilgan.

Bo‘ron tufayli Pekindagi aksariyat diqqatga sazovor joylar — bog‘lar, madaniy va tarixiy maskanlar yopilgan.

Shamolning tezligi 150 km/soatgacha yetgan, Xitoy poytaxtida yarim asrdan ko‘proq davrda bunday hodisa birinchi marta kuzatilmoqda. Noqulay ob-havo butun dam olish kunlari davomida kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Xitoy hukumati kuchli shamol sabab 50 kilodan yengil bo‘lgan xitoyliklarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Kiritildi: 22:29 12.04.2025. O'qildi: 1217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!