Xitoyning Guandun provinsiyasi Xenshan shahrida pichoqli hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi, voqea bolalar bog‘chasida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Xitoyning HKET portali.
Voqea ertalab mahalliy vaqt bilan 08:00 da sodir bo‘lgan. Polisiya 25 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga oldi.
Hozirda jinoyatchining shaxsi aniqlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.