9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida Xitoy armiyasining ishtirokini Ukraina “tajovuzni qo‘llab-quvvatlash” sifatida baholagan edi. Bu bayonotga Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RBC xabar berdi.
Xitoy TIV vakilining ta’kidlashicha, Kiyevning bayonoti “tarixiy haqiqat ustidan kulish” bilan barobar.
“Xitoyning paradda ishtirok etishi Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga nisbatan hurmat ramzi hisoblanadi. Bu Rossiya va Xitoy xalqlarining fashizmga qarshi kurashdagi hamjihatligini namoyon etadi. Xitoy va Rossiyani tarixiy qo‘llab-quvvatlash va umumiy g‘oyalar birlashtirib turadi”, — dedi vazirlik vakili.
Paradda Xitoy armiyasining ishtirok etishi xalqaro maydonda turli bahslarga sabab bo‘lmoqda.