Pekin Tibet masalasi tufayli AQSh fuqarolariga qarshi javob vizasi cheklovlarini joriy qildi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan brifing chog‘ida.
"AQSh Tibet bilan bog‘liq masalalar bahonasida Xitoy rasmiylariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Lin Szyanning ta’kidlashicha, Tibet masalasi XXRning ichki ishi bo‘lib, Vashingtonning bunday xatti-harakatlari xalqaro huquqni buzadi.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, Xitoy Tibet masalasida o‘zini "yomon" ko‘rsatgan amerikaliklarga nisbatan javob viza cheklovlarini joriy etishga qaror qilgan.