Pekin va Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlik hech bir davlat uchun xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda ma’lum qildi.
“Biz o‘z pozisiyamizni bir necha bor bildirganmiz, hamkorligimiz hech qanday uchinchi tomonga qaratilmagan, bu xalqaro huquq va amaliyotga to‘liq mos keladi va hech bir davlatga tahdid solmaydi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.