Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar sovuq urush davridagi harbiy-siyosiy ittifoq modelidan oshib ketdi, dedi Xitoy TIV matbuot kotibi Van Venbin.
U NATO kommyunikesida Moskva va Pekin o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish alyans manfaatlariga zid ekanligi haqidagi tezisni shunday izohladi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilik qilmaslik va uchinchi tomonlarni nishonga olmaslik tamoyillariga asoslanadi.
“Bu yopiq doiralar yaratib, bloklar bilan qarama-qarshilikka kirishayotgan NATO davlatlaridan tubdan farq qiladi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.