AQSh hukumati bosim orqali Xitoy rivojlanishini to‘xtata olmaydi.
Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chjaoxu matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Vashington o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surishga e’tibor qaratishi kerak.
"Biz AQSh bilan o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyormiz, lekin shu bilan birga mamlakatimiz suvereniteti, xavfsizligi va taraqqiyot manfaatlarini qat’iy himoya qilamiz”, — dedi diplomat. "Xitoyning rivojlanishi va o‘sishini cheklash yoki Xitoy xalqining buyuk tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik urinishlari muvaffaqiyasizlikka uchraydi".
Chjaoxuning aniqlik kiritishicha, Vashingtonning Pekinga nisbatan bosim va majburlash siyosati “ishlamaydi va muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi”.
“Bizni bir-birimizga yaqinlashtirish, davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan muhim konsensusni amalga oshirish, aloqalarni saqlab qolish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, hamkorlikni kengaytirish va Xitoy va Qo‘shma Shtatlarning yangi davrda yonma-yon yashashi uchun to‘g‘ri yo‘lni izlashda davom etish uchun AQSh bilan ishlashga tayyormiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari joriy yil boshidan buyon Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ikki marta telefon orqali gaplashgani va bir nechta xabar almashganini eslatdi. Shunday qilib, Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ta’kidlaganidek, Pekin Xitoy-Amerika munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishini belgilab berdi.