Naval News nashrining xabar berishicha, Shanxaydagi Hudong-Zhonghua kemasozlik zavodining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarida g‘ayrioddiy kema qayd etilgan.
"Konstruksiyasidan kelib chiqib, undan yirik suvosti dronlarini tashish, suvga tushirish va ularga xizmat ko‘rsatishda foydalanilishi mumkin. Xitoy allaqachon uzunligi 45 metrgacha bo‘lgan XXLUUV suvosti dronlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Katta ehtimol bilan, yangi kema ularni sinov hududiga mustaqil yetkazish va bir vaqtning o‘zida bir nechta dronni tashish imkonini beradi", deb yozadi nashr.
Amalda Xitoy suvosti dronlari uchun suzuvchi baza yaratmoqda. Agar uning ushbu vazifasi tasdiqlansa, bu mazkur toifadagi ma’lum bo‘lgan birinchi kemaga aylanadi.